Ikki tomonlama diplom, 2+2 dasturi
Koreyaning Yeungnam universiteti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan ikki tomonlama diplom, 2+2 dasturi talabalarga Koreyaning IT sohasidagi universitetlarida o'qish, IT kompaniyalarida amaliyot o'tash va malaka oshirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llab tajriba orttirishiga yordam berish uchun mo'ljallangan. Yongnam universiteti 1947-yilda tashkil etilgan bo'lib, universitetda 70 ta yoʻnalish boʻyicha 30 ming nafar talabalar tahsil olmoqda. Leiden reytingida matematika va muhandislik sohasida dunyoning top 9 universitetlari qatoriga, QS reytingida Osiyo mintaqasida 250 oʻrinni, THE xalqaro reytingda AKT muhandisligi boʻyicha dunyoning top 250 universitetlari qatoriga kiritilgan.