AKITA yangiliklari

Koreya Yangi Yili AKITAda!

Yangiliklar
🗓 29-yanvar kuni AKITAining bosh direktori Koreya Yangi yili – 설날🎄 munosabati bilan talabalar uchun maxsus taqdimot o‘tkazdi va bayram bilan tabrikladi.

✨Tadbir davomida u Koreyaning urf-odatlari haqida so‘zlab berdi hamda talabalar bilan sebae – an’anaviy bayram ta’zimini o‘rganib, bu qadriyatning ahamiyatini tushuntirdi.

🎁 Yangi yil – yangilanish, hurmat va iliq tilaklar vaqti! Akita universiteti o‘z talabalariga nafaqat bilim, balki dunyo madaniyatini o‘rganish imkoniyatini ham taqdim etadi.