AKITA yangiliklari

AKITAda Koreyaning biznes delegatsiyasi!

Yangiliklar
6-fevral kuni AKITAga Janubiy Koreyaning 8 ta yirik kompaniyasi vakillari tashrif buyurib, talabalar uchun taqdimot o‘tkazishdi.

💼 Tashrif buyurgan kompaniyalar:

🟢 VC (Voice Caddie)

🟢 Thomas Cable

🟢 APEXESC

🟢 SPACE H PLUS

🟢 Orion Electronics

…va boshqa yetakchi korxonalar! 👀

Bu kompaniyalar turli biznes sohalarida faoliyat yuritsada, aksariyatida dasturiy ta’minot (SW) bo‘limlari mavjud, va IT sohasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💡 Biznes vakillari AKITA talabalariga kelajakdagi imkoniyatlar haqida tushuncha berib, ularga ilhom va motivatsiya bag‘ishlashdi. Bu uchrashuv yosh mutaxassislarning kelajak kasblariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi!