Qabul-2025 haqida ma'lumot!
1. Imtihon olish usuli. Imtihonlar ikki qismga bo’linadi.
Birinchi qism.
Abituriyentning mantiqiy fikrlashi, mulohaza yuritish (vaziyatni to’g’ri baholash), matematik va til bilish qobiliyati kabi umumiy qobiliyatlarini har tomonlama baholaydigan 50 ta, kompyuterda yoki qog'ozda topshiriladigan savollardan iborat imtihon o’tkaziladi.

Ikkinchi qism.
Zarur hollarda 50 ta savoldan iborat imtihon natijalariga qarab har bir abituriyent bilan alohida onlayn yoki oflayn shaklda suhbat o'tkazilishi mumkin. Suhbat o’tkazilishi yoki o’tkazilmasligi, suhbat shakli (onlayn yoki oflaynligi), joyi, sanasi va hokazolar haqda alohida xabar beriladi.

2. Imtihon sanasi va joylari

2025-yilgi AKITA qabul imtihonlari O’zbekistonning barcha hududlarida, turli sanalarda muntazam ravishda o’tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihonlarning aniq sanalari va joylari haqida www.akita.uz sayti va rasmiy telegram kanalida e’lon qilib boriladi.